20:59 / 07.05.2022
7395
Misrda jangarilar hujumi oqibatida 11 nafar harbiy halok bo‘ldi 

Ma’lumot berilishicha, bir guruh ekstremistlar Suvaysh kanali sharqidagi suv chiqarish stansiyasiga hujum uyushtirgan. 

Foto: Getty Images

Sinay yarimorolida qurolli hujum oqibatida 11 nafar harbiy, jumladan, bir nafar ofitser halok bo‘ldi. Bu haqda Misr qurolli kuchlari matbuot kotibi polkovnik G‘arib Abdul Hafiz G‘arib ma’lum qildi. 

Uning ma’lumot berishicha, bir guruh ekstremistlar Suvaysh kanali sharqidagi suv chiqarish stansiyasiga hujum uyushtirgan. 

"Stansiyani qo‘riqlayotgan harbiylar ularning hujumini qaytargan, to‘qnashuv natijasida bir ofitser va 10 askar halok bo‘lgan. Yana besh kishi jarohatlangan", - dedi G‘arib.

Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, hozirda jangarilar ta’qib qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top