02:20 / 08.05.2022
8978

Prezident sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanish kerakligini aytdi

Foto: Prezident axborot xizmati

O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun xavfsiz mamlakatga aylanishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tashkil etilgan situatsion markazdagi uchrashuvda aytdi.

«Menimcha» teleloyihasining navbatdagi sonida prezident situatsion markazda mas’ullarga sayyohlik rivojlanishi uchun tizimning mukammal ishlashi zarurligini tushuntirgan video ko‘rsatildi.

Prezident tizim turizmni rivojlantirish uchun ham muhimligini aytar ekan Aziz Abduhakimovdan 2019 yil qancha sayyoh kelganini so‘radi. «6,7 million xorijlik sayyoh keldi, 13 million ichki turistlar qayd etilgan», dedi Abduhakimov.

Ko‘rsatuv davomida situatsion markazda turistlar bilan ishlash uchun alohida tizim qilingani hikoya qilingan. Mehmonxonalar atrofi va turistik obektlar kameralari doimiy nazorat qilinishi ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, situatsion markaz adolatni ta’minlashga xizmat qilishi kerak: «Adolat mezoni joriy qilinganini xalqimiz seza boshlasa, hech qanday tashviqot kerak bo‘lmaydi», dedi prezident.

Top