15:26 / 09.05.2022
8588
Buyuk Britaniya Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi 

Britaniya Rossiya va Belarus importi hamda eksportiga cheklovlar kiritadi. 

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida xabar qilindi.

Xususan, qirollik Rossiya va Belarus ximikatlari, platina va palladiyiga nisbatan boj to‘lovlarini 35 foizgacha oshiradi.

Buyuk Britaniya shuningdek, Rossiya uchun muhim hisoblangan mahsulotlar eksportiga ham cheklovlar kiritadi.

Natijada to‘liq yoki qisman sanksiyalar ostiga tushadigan mahsulotlar qiymati 4 mlrd funt sterlingdan (4,9 mlrd dollar) oshadi.

Top