14:22 / 09.05.2022
27038

Donbass shimoli olov ichida, Kiyev metrosida konsert. Urush suratlari

Urushning 74-kunida Ukrainaga yuqori martabali kishilar tashrifi kuzatildi. «Kreshchatik» metro bekatida U2 guruhi konsert berdi, prezident Volodimir Zelenskiy mashhur sapyor it Patron bilan birgalikda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni kutib oldi. Ammo urush to‘xtamayapti - rossiyalik harbiylar Donbass shimolidagi shiddatli janglar vaqtida vayronaga aylangan Popasnaya shahrini egallagani xabar qilindi.

AQShning birinchi xonimi Jill Bayden Ukrainaning Slovakiya bilan chegarasi yaqinidagi Ujgorod shahrida Volodimir Zelenskiyning rafiqasi Olena Zelenskaya bilan uchrashdi. AP Photo/Susan Walsh, Pool

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

So‘nggi kunlarda Ukrainadagi qator manbalar rossiyalik harbiylar Lugansk oblastida sezilarli natijalarga erishayotgani haqida xabar bergan bo‘lsa-da, Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining ertalabki ma’lumotnomasida front chizig‘ida o‘zgarish yo‘qligi aytilgan:

  • Izyum atrofida, Slavyanskdan 30 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan rayonda rossiyalik harbiylar hamon janubga yurishga harakat qilmoqda.
  • Ukrainaning Xarkov oblasti bilan chegaradosh bo‘lgan Belgorod oblastida 19 ta batalon-taktik guruhlar jamlangan.
  • Bosh shtabning yozishicha, Donetsk yo‘nalishida «dushman asosiy sa’y-harakatlarini Rubejnoye va Popasnaya aholi punktlarini egallashga qaratgan, Seversk, Slavyansk, Lisichansk va Avdeyevka aholi punktlariga yurish qilishga tayyorlanmoqda». Dam olish kunlarida ukrain manbalari Popasnaya mudofaasi yorib o‘tilgani uchun ukrain qismlari boshqa mudofaa chizig‘iga chekinishgani haqida xabar bergandi.
  • Xerson oblastida faol harbiy harakatlar bo‘lmagan, faqat otishmalar davom etmoqda.
  • Bosh shtab Donbassda joylashgan Birlashgan kuchlar matbuot xizmatining so‘nggi bir kundagi harbiy harakatlar chog‘ida dushmanning 20 tanki va 29 ta boshqa zirhli mashinalari yo‘q qilingani haqidagi xabarini takrorlagan.
U2 guruhi vakili Bono Kiyev metrosidagi «Kreshchatik» bekatida konsert qo‘ydi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Qizil askar tasvirlangan haykal o‘qqa tutilishi oqibatlari.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevga rasmiy tashrif chog‘ida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmatining sapyor iti — Patron bilan tanishdi.
Alexey Furman / Getty Images

Mariupol 

Mariupol xarobalarida sovetlarning g‘alaba bayrog‘i.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Azovstal» zavodi o‘qqa tutilishi davom etmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Odessa 

Odessa sohilidagi vayron bo‘lgan mehmonxona. Binoga rossiyaliklar raketasi kelib tushgan.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Donetsk oblasti Seversk shahridagi temiryo‘l stansiyasiga raketa zarbasi berilishi oqibatlari.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Seversk shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari BTRda Donetsk oblastidagi Seversk shahri hududidan o‘tmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy havo kuchlari MiG samolyoti Donetsk oblastidagi Konstantinovka shahri ustidan uchib o‘tmoqda.
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi front chizig‘ida joylashgan Pereyezdnoye qishlog‘ida Ukraina armiyasi harbiysi xotiniga qo‘ng‘iroq qilmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Konstantinovkadagi zarbalardan shikastlangan maktab binosining tashqi ko‘rinishi.
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporojye 

Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markazi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Zaporojye oblastidagi Pologi shahridan (bu shahar hozirda Rossiya harbiylari qo‘lida) bo‘lgan kishi Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markazida uxlamoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Mariupolliklar chiqqan avtobus Zaporojyedagi qochqinlarni qabul qilish markaziga keldi.
AP Photo/Francisco Seco)
Mariupoldan olib chiqilgan ayol. Foto: AP Photo/Francisco Seco

Xarkov

Sapyorlar Xarkovdagi totalitarizm qurbonlari memoriali hududiga tushgan va portlamay qolgan raketani zararsizlantirmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari temiryo‘l ishchilari Xarkov ostonasidagi janglarda halok bo‘lgan rus askarlari jasadlarini refrijyerator vagoniga yuklamoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top