14:49 / 09.05.2022
8072

Xitoy qurolli kuchlari Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi 

Mashg‘ulotlarda harbiy-dengiz va harbiy havo kuchlari ishtirok etdi.

Foto: Patrick Lin/Reuters

Xitoy qurolli kuchlari Tayvan oroli sohillari sharqi va janubi-g‘arbida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy xalq ozodlik armiyasi jangovar qo‘mondonligi xabar qildi. 

Qo‘mondonlik xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar harbiy-dengiz va harbiy havo kuchlari ishtirokida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida jangovar raketalardan foydalanilgan.

"Mashg‘ulotlardan maqsad – umumqo‘shin operatsiyalarini o‘tkazish chog‘ida turli qo‘shinlarning jangovar shayligini tekshirish va oshirish", - deyiladi xabarda. 

6 may kuni Tayvan mudofaa vazirligi Xitoyning 18 samolyoti orol havo sarhadini buzganini ma’lum qilgandi.

Top