08:34 / 10.05.2022
2167

Aliment to‘lamagan ikki ota 15 sutkaga qamaldi

Navoiyda 2022 yilning 4 oyida aliment to‘lamasdan qochib yurgan qidiruvdagi 190 nafar ota topilgan. Yana 83 nafar qochoq ota esa qidiruvda.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Navoiyda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan 190 nafar ota topilib, ulardan 300 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, fuqaro N.M. bir yildan buyon aliment majburiyatini bajarmay kelgani tufayli uning qarzdorligi 10 mln so‘mga yetgan. Qidiruvdagi A.B.da esa 19,3 mln so‘mlik aliment qarzdorligi yig‘ilib qolgan. Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ular bir kunda Toshkent shahridan topilgan. Qochoq otalarga sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hozirda 83 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 59 nafari respublika hududida yashirinib yurgani, 24 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketgani aniqlangan.

Top