17:20 / 10.05.2022
9063

Litva parlamenti Rossiyani terrorchi davlat deb e’lon qildi 

Parlamentning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan hujjatda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi ukrain xalqini yo‘q qilishdan iborat. 

Foto: Alexander Ermochenko/Reuters

Litva seymi (parlament) Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini genotsid, Rossiyani esa terrorchi davlat deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi

Rezolyutsiya matnida ta’kidlanishicha, «RF qurolli kuchlari va uning yollanma askarlari Ukraina hududida, jumladan, Bucha, Irpen, Mariupol, Borodyanka va Gostomelda harbiy jinoyatlar sodir etmoqda». 

Seymning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan hujjatda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi ukrain xalqini yo‘q qilishdan iborat. 

Litva parlamenti Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi harakatlarini «genotsid» deb atadi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, «Rossiya Federatsiyasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan va amalga oshiradigan davlat hisoblanadi».

Litva parlamenti barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish hamda Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tergov qilish va baho berish uchun maxsus jinoiy tribunal tuzishga chaqirgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top