09:29 / 10.05.2022
15831
Navoiyda 2 ta shahar va 2 ta tuman hokimi o‘zgardi

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunovning tegishli qarorlari bilan Navoiy va Zarafshon shaharlariga, shuningdek, Navbahor va Konimex tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Muratxan Egamqulov Navoiy shahri hokimi lavozimiga tayinlangan. M.Egamqulov bugungi kungacha Konimex tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Muratxan Egamqulov

Navoiy shahriga 2018 yil mayidan buyon Muhiddin Bozorov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Konimex tumaniga Egamqulov o‘rniga Ruslan Ro‘ziyev yangi hokim etib tayinlandi.

Ro‘ziyev Ruslan

Ro‘ziyev bugungacha Navoiy viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nazirbek Rahmonov Zarafshon shahri hokimi etib tayinlandi. N.Rahmonov hozirgacha «NKMK jamg‘armasi» bosh direktori lavozimida ishlagan.

Rahmonov Nazirbek

2018 yil mayidan buyon Zarafshon shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Rajabov 2022 yil 19 aprelida prezident raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida lavozimdan olingandi.

Azamat O‘roqov Navbahor tumani hokimi etib tayinlandi. U bugunga qadar Navoiy viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

O‘roqov Azamat

Shu kungacha Navbahor tumaniga hokimlik qilib kelgan Lochin Obloqulov lavozimdan olinishi sababi va keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lum emas.

Mavzuga oid
Top