13:39 / 10.05.2022
42970
Yuziga bo‘yoq chaplangan Rossiya elchisi va Xarkov atrofida qolgan rus askarlari. Urush suratlari

Urushning 75-kuni o‘tdi. Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabani keng nishonladi - Qizil maydonda parad o‘tkazildi, Vladimir Putin butun nutqini Ukrainaga bosqinni oqlashga bag‘ishladi. Butun mamlakat bo‘ylab «bog‘cha bolalari paradlari»va bolalar ishtirokida turli aksiyalar o‘tkazildi. «O‘lmas polk» marshlarida Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan askarlarning qarindoshlari ham ishtirok etdi. Ukraina YeI a’zoligiga nomzod maqomini olish uchun so‘rovning ikkinchi qismini topshirdi. Odessa shahri va Odessa oblasti rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi davom etmoqda.

Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev Varshavadagi qabristonga Qizil armiya askarlari uchun hurmat bajo keltirish uchun kelganida Ukrainadagi urushga qarshi bo‘lgan bir guruh faollar uning yuziga qizil bo‘yoq sepib yuborishdi.
AP Photo/Maciek Luczniewski

Ukrainada urush. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar

  • Ukraina bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Izyum atrofidagi janglarda tanaffus yuzaga kelgan. Shu bilan birga Severodonetskdan shimol va janubdagi hududlar uchun janglar davom etmoqda: rossiyaliklar mudofaani yorib o‘tish va keyin Liman hamda Severodonetskni egallash uchun harakat qilmoqda. Janubroqda, Donetskka yaqin hududlarda ham harbiy harakatlar olib borilmoqda.
  • AQSh Kongressidagi Demokratik partiya vakillari Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketi bo‘yicha kelishib olishdi, bu masala yaqin kunlarda ovozga qo‘yilishi mumkin.
  • Yaponiya rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi, unga yana 70 kompaniya va 130 dan ortiq kishi, jumladan bosh vazir Mixail Mishustin, «Almaz-Antey» konserni va «Takticheskoye raketnoye voorujyeniye» korporatsiyasi ham qo‘shilgan.
  • Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi 9 may kuni Odessaga, xususan savdo markazi va keng iste’mol mollari saqlanadigan omborxona raketa zarbalari kelib tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangani to‘g‘risida xabar berdi.
  • Rossiya Moliya vazirligi 2022 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 12 foizga qisqarishini kutmoqda, bu 1994 yildan beri eng yomon ko‘rsatkich. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu haqda Moliya vazirligining ichki prognozida aytiladi. Agar prognoz amalga oshsa, agentlik manbasi ta’kidlashicha, bu Rossiya iqtisodiyotining so‘nggi o‘n yildagi o‘sishini yo‘qqa chiqaradi.

Quyida 9 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Mariupol

Ishg‘ol qilingan Mariupol atrofi. 9 may kuni shaharda 300 metrlik georgiy lentasi olib o‘tildi. Mariupol meri maslahatchisi Pyotr Andryushchenko aksiyada shahar aholisi qatnashmagani, unga Novoazovsk va Donetskdan ko‘ngillilar olib kelinganini ma’lum qilgan. Foto: AFP / Scanpix / LETA

Kiyev

 

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba kuni munosabati bilan Noma’lum askar qabriga gul qo‘yayotgan ayol. Yodgorlik otishmalardan shikastlanmasligi uchun qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

 

Kiyevdagi Avliyo Mixail soborida rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan ukrainalik taniqli jurnalist Aleksandr Maxovning tobutini olib ketayotgan askarlar. Tobut ortidan Maxovning bevasi bormoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky
36 yoshli ko‘ngilli Aleksandr Maxov bilan vidolashuv. Urushgacha Aleksandr jurnalist bo‘lib ishlagan va blog yuritgan. U Izyum uchun janglarda halok bo‘ldi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

 Xarkov oblasti

Ukraina favqulodda xizmat xodimi shu kunlarda Xarkov yaqinida ukrainalik harbiylar tomonidan qaytarib olingan Vilhivka qishlog‘ida rus askarlari jasadlari oldida turibdi.
AP Photo/Felipe Dana
Vilhivkadagi jang oqibatlari. Bu yerda Rossiya armiyasining o‘nlab askarlarining jasadlari qolgan.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Vilhivka qishlog‘ida kun botish manzarasida aks etgan ruslarning vayron bo‘lgan tanki
AP Photo/Felipe Dana
16 yoshli Mariya Slisarenko metro bekatida iti bilan o‘ynamoqda, bu yerda raketa va artilleriya zarbalaridan yashiringan xarkovliklar yashamoqda.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Otishmalardan yashiringan odamlar metro bekatlarida tunashda davom etmoqda.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi minomyotdan o‘t ochmoqda.
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina milliy gvardiyasi askari Xarkov yaqinidagi pozitsiyada turibdi
AP Photo/Felipe Dana

Donbass shimoli 

Lisichanskka yo‘llangan zarbalardan keyin neftni qayta ishlovchi zavod hududida ko‘tarilgan quyuq tutun. Shahar uchun janglar davom etmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
41 yoshli Artyom Cheruxa buloqdan suv olmoqda, janglar tufayli butun Lisichansk shahrida ichimlik suvi ta’minoti uzilgan. Shahar aholisi bu suv manbasidan Ikkinchi jahon urushi vaqtida ham foydalangan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy shifokor Popasnaya shahridagi dala hospitalining jarrohlik xonasi polini yuvmoqda, Lugansk oblasti.
Chris McGrath / Getty Images
Harbiy shifokorlar ukrain askarini Popasnaya yaqinidagi dala hospitaliga transportirovka qilishga tayyorlashmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Frontdagi hospitalda o‘z xonasida dam olayotgan ukrain askari.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari yaralangan quroldoshini olib ketmoqda, Donetsk oblasti.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya kuchlarining Donetskdagi hujumi vaqtida yaralangan ukrain harbiysiga shifokor tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Ukrainlarning jangovar tanki Lisichansk ostonasidagi pozitsiyada turibdi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top