07:35 / 11.05.2022
5931

2022 yilning uch oyida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda 42 nafar xodim halok bo‘ldi

2022 yilning uch oyi davomida ishlab chiqarishda 132 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, 42 nafar xodim halok bo‘lgan. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisa belgilangan tartibda maxsus tekshirilgan, shulardan 26 tasi o‘lim bilan tugagan, 97 tasi oqibati og‘ir va 9 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan

Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo‘lgan, 104 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.

5 972 ta korxonada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 11 315 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 mlrd 864 mln 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Bundan oldin O‘zbekistonda 2021 yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida 238 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top