18:39 / 11.05.2022
11882
Iyun oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi

Iyun oyida respublikaning aksar qismida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 1-2 daraja yuqori bo‘ladi.

Foto: KUN.UZ

O‘zgidromet bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev iyun oyida kutilayotgan maslahatomuz ob-havo prognozini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiy viloyatining shimoliy tumanlarida havoning o‘rtacha oylik harorati me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘lib, 26-28 darajani tashkil qiladi.

Oy davomida harorat kechalari 20-25 darajadan 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 36-41 darajadan 27-32 darajagacha o‘zgarib turishi, ayrim kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va oylik yog‘in miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Navoiy viloyatining janubiy tumanlarida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘lib, 25-30 darajani tashkil etadi.

Oy davomida harorat kechalari 18-23 darajadan 12-17 darajagacha, kunduz kunlari 34-39 darajadan 29-34 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oylik yog‘in miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida bo‘lib, 26-29 darajani tashkil etadi. Kechalari 21-26 darajadan 15-20 darajagacha, kunduz kunlari 37-42 darajadan 31-36 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Oylik yog‘in miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysida o‘rtacha oylik harorati me’yor atrofida bo‘lib, 24-27 darajani tashkil etadi, harorat kechalari 17-22 darajadan 12-17 darajagacha, kunduz kunlari 32-37 darajadan 27-32 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oylik yog‘in miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top