20:11 / 11.05.2022
19277
Qozog‘istonning eng boy biznesmenlari ro‘yxati e’lon qilindi 

Forbes Qozog‘istonning eng badavlat biznesmenlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Vladimir Kim, Timur Kulibayev va Dinara Kulibayeva

KAZ Minerals kompaniyasi prezidenti va noijrochi direktori Vladimir Kim reytingda birinchi o‘ringa joylashdi. Uning boyligi miqdori 5 milliard dollar deb baholandi. Vladimir Kimning boyligi bir yil davomida 300 million dollarga ko‘paygan.

Timur Kulibayev 3,9 milliard dollar boylik bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi miqdori o‘tgan yilga nisbatan 1 milliard dollarga oshgan. Kulibayev Singapurning Steppe Capital Pte Ltd kompaniyasi ulushiga ega. Joint Resources AJ,  "Kipros" unga qarashli.

Uchinchi o‘ringa Dinara Kulibayeva joylashdi. Uning boyligi miqdori 3,9 milliard dollarga teng. Xabar qilinishicha, Kulibayevaning boyligi bir yil davomida bir milliard dollarga ko‘paygan. Dinara Kulibayeva turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda "Firma "Almeks Plyus", "Almeks" kompaniyalariga egalik qiladi. Ular Halyk Bank bankining 69,52 foiz ulushiga ega. Kulibayeva shuningdek, Nursulton Nazarboyev ta’lim fondi muassisi hisoblanadi.

Vyacheslav Kim to‘rtinchi o‘rindan joy oldi -  3,2 milliard dollar. Uning boyligi bir milliard dollarga kamaygan. Vyacheslav Kim Kaspi.kz aksiyadori va direktorlar kengashi raisi. Biznesmen "Alseko" AJning 90 foiziga egalik qiladi. Bundan tashqari, ELTOP Soft va "POZITIV Invest" kompaniyalarida ulushga ega. 

Uch milliard dollarga ega Mixail Lomtadze yuqori beshlikni yakunlagan. Yil davomida uning boyligi miqdori 900 million dollarga kamaygan. Lomtadze Kaspi.kz aksiyadori, direktorlar kengashi a’zosi, boshqaruv raisi hisoblanadi. 

Shuningdek, yuqori o‘ntalikdan Bulat Utemuratov (2,8 milliard dollar), Timur Turlov (2,2 milliard dollar), Ibragimovlar oilasi (1,2 milliard dollar), Kenes Rakishev (960 million dollar) va Sarsenovla oilasi (897 million dollar) joy oldi.

Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva 584 million dollar boylik bilan 13-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
Top