07:42 / 11.05.2022
17405

Yunusobodda «Tracker» YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimiga nisbatan sodir bo‘lgan YTH haqidagi videolavhalar tarqaldi. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa 2021 yilning 23 sentabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboyev xizmat vazifasini o‘tash jarayonida, 1973 yilda tug‘ilgan Sh.U. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinani hushtak va jyezl orqali to‘xtatgan.

Shu vaqtda, uning orqasidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug‘ilgan K.U. “Tracker” rusumli avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, “Cobalt” bilan to‘qnashgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilgan va daraxtga urilgan.

YTH natijasida YHXB inspektori hamda “Tracker” avtomashinasining yo‘lovchisi D.U. tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. 

Mavzuga oid
Top