21:29 / 12.05.2022
10237
Hisense oq-qora ekranli smartfonini namoyish qildi

Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan.

Foto: Hisense

Xitoyning Hisense kompaniyasi 6,1 dyuymli E-Ink-displeyga ega A9 smartfonini namoyish etdi. Uning narxi 1800 yuan (265 dollar) deb baholandi.

Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan. Bunday ekranlar quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turganida ham ko‘rish darajasi yomonlashmaydi. Bundan tashqari, E-Ink-displeylar IPS yoki OLED ekranlarga nisbatan kamroq energiya sarflaydi.  

Smartfon 13 Mp asosiy va 5 Mp orqa kamera bilan jihozlangan, yon tomonida esa barmoq izlari skaneri joylashgan.

Hisense A9ga Qualcomm Snapdragon 662 chipi o‘rnatilgan, uning doimiy xotirasi 128 GB, tezkor xotirasi esa 4 yoki 6 GB.

Smartfonning akkumulyatori sig‘imi 4000 mAsga teng.

Mavzuga oid
Top