15:45 / 12.05.2022
22994
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida zilzila sezildi

Zilzila episentri bo‘lgan Surxondaryoning Boysun tumanida yer qimirlashi kuchi 4-5 ballni tashkil etgan.

12 may kuni soat 15:27 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila kuch Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, Qashqadaryoda 4 ball, Samarqand viloyatida 3-4 balni tashkil etgan.

Zilzila episentri – Surxondaryo viloyati Boysun tumani.

Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 96 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.
  • Samarqand viloyatida 3-4 ball, 180 km.
  • Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.
  • Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.
  • Toshkent viloyatida 2-3 ball, 396 km.
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 410 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 496 km.
Top