15:05 / 12.05.2022
15372
Rossiya Yevropa va AQSh kompaniyalariga qarshi javob sanksiyalari kiritdi 

Ro‘yxatga Fransiya, Germaniya, Yevropaning boshqa mamlakatlari, Singapur va AQShning jami 31ta kompaniyasi kiritildi. 

Foto: Reuters

Rossiya hukumati Yevropa va AQShning sanksiyalarga tushgan kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatga asosan «Gazprom»ning sobiq shu’ba kompaniyalari, jumladan, Gazprom Germania kiritildi. Kompaniya o‘z navbatida, Gazprom NGV Europe, Wingas, Astora, Gazprom Marketing&Trading, Vemex va boshqa kompaniyalarni boshqaradi.

Ro‘yxatga Fransiya, Germaniya, Yevropaning boshqa mamlakatlari, Singapur va AQShning jami 31ta kompaniyasi kiritildi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan joy olgan kompaniyalar bilan qator operatsiyalar o‘tkazish taqiqlanadi. Xususan, Rossiya hukumati, kompaniyalari va fuqarolari ular bilan hamda ular nazoratidagi kompaniyalar bilan shartnoma tuza olmaydi. Bundan tashqari, ular bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish taqiqlanadi. 

Sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan kompaniyalar kemalari Rossiya portlariga kira olmaydi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top