07:51 / 12.05.2022
3619
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi

Yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsad qilingan.

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil 11 maydan boshlab "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 40-sonli "Sergeli mavzesi 12-daha - Toshkent vokzali" avtobus yo‘nalishi harakati Qipchoq ko‘chasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.

Bundan tashqari, "12-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 75-sonli "Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni" avtobus yo‘nalishining harakatini "Surum mahallasi" so‘nggi bekatidan 4R21-Toshkent aylanma yo‘li, Chortoq, Qanora, Mag‘rib, Davlatobod, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilgan.

Bundan oldin Toshkentda eng ko‘p yo‘lovchi tashiladigan avtobus yo‘nalishlari ma’lum qilingandi.

Top