20:04 / 12.05.2022
14329
Ukraina tashqi ishlar vaziri Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi 

Dmitriy Kuleba Rossiya muzokaralar stoliga o‘tirishni istamayotgani, balki harbiy harakatlarni davom ettirmoqchiligini ta’kidladi. 

Foto: Mads Claus Rasmussen / EPA / TASS

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyorligini, ammo Rossiya tomonining ultimatumlarini qabul qilmasligini aytdi.

"Biz muzokaralarga tayyormiz. Ammo Rossiyaning ultimatumlarini qabul qilishga tayyor emasmiz", - dedi u Die Welt nashriga bergan intervyusida. 

Shu bilan birga, Kuleba Rossiya muzokaralar stoliga o‘tirishni istamayotgani, balki harbiy harakatlarni davom ettirmoqchiligini ta’kidladi. 

"Asl muammo shundaki, Rossiya real va mazmunli muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatmayapti", - dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Kiyevga g‘alaba uchun uchta narsa kerak: ukraincha matonat, fe’l-atvor va jangovar qudrat, kerakli qurollarning yetkazib berilishi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar".

"Agar uchala omil birlashsa, biz bu urushda g‘olib chiqamiz", - dedi Kuleba.

Ukraina tashqi ishlar vazirining fikricha, Yevropa "Rossiya nefti va gazini sotib olishda davom etadigan bo‘lsa, Rossiya harbiy mashinasini to‘xtatib bo‘lmaydi". 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top