14:49 / 12.05.2022
5642
Xitoydagi aeroportda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan samolyotda yong‘in chiqdi 

Samolyot parvozga tayyorgarlik vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va old qismida yong‘in kelib chiqqan. Uning bortida 113 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 

Foto: AP

Xitoyning Chunsin shahridagi "Tszyanbey" xalqaro aeroportida samolyotda yong‘in kelib chiqishi oqibatida 40dan ortiq yo‘lovchi jarohatlandi.

Xabar qilinishicha, Tibet Airlines aviakompaniyasiga qarashli Airbus A319 samolyoti Chunsin shahridan Linchji shahriga parvoz qilishi kerak bo‘lgan. Uning bortida 113 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Samolyot parvozga tayyorgarlik vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va old qismida yong‘in kelib chiqqan.

Samolyotda bo‘lgan barcha odamlar evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top