15:50 / 13.05.2022
31993
BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafot etdi 

U Amirliklar asoschisi Zoid Ol Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 2004 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgandi. 

Foto: Abd Rabbo Ammar/ABACA via Reuters Connect

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon uzoq kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. 

"Prezident ishlari bo‘yicha vazirlik BAA prezidenti hazrati oliylari shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan BAA xalqi, arab va islom millati va butun dunyoga ta’ziya bildiradi", - deyiladi mamlakat prezident ishlari bo‘yicha vazirligi xabarida. 

U Amirliklar asoschisi Zoid Ol Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 2004 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgandi. 

Oxirgi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmagan, mamlakatni boshqarishni Abu-Dabi amirligi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoidga topshirgan.  

Mavzuga oid
Top