11:49 / 13.05.2022
16161
Hatto viloyat hokimining imzosini soxtalashtirib, yer sotishgan – prezident korrupsiya ko‘lami haqida to‘xtaldi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘ona viloyat faollar yig‘ilishida so‘zga chiqqan davlat rahbari hokimiyatlar tizimida yer sotish bilan bog‘liq nihoyatda jiddiy jinoyatlar qayd etilayotganini ta’kidladi.

“Hokimliklarda shunday byurokratlar, shunday poraxo‘rlar borki, qonundan ham qo‘rqmaydi, 20 yilga qamalishini bilsa ham pora olaveradi. Yerni auksion orqali sotib ancha jilovlab oldik, lekin hali ham shunday jinoyatlar uchrab turibdi.

Hatto Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning imzosini soxtalashtirib, yer sotish holati aniqlangan. Xayrulla buni hatto tushida ham ko‘rmagan. Har bir viloyatda shundaylar bor – o‘zi kichkina byurokrat amaldor, ammo eng ko‘p jinoyatni qiladi.

Unutmanglar, xalqimiz hammasini ko‘rib turibdi. Bunday holatlarga qarshi ayovsiz kurash davom etadi”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top