11:35 / 13.05.2022
18049
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

 Shanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq kuzatiladi, yakshanba kuni havo quruq va kam bulutli bo‘ladi.

Foto: KUN.UZ

Bugun O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Atmosfera fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 23-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

14 may kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va shiddatli shamollar bilan ob-havo beqarorligi saqlanib turadi. Yomg‘ir yog‘ganda kunduzi havo harorati 20-23 daraja issiqqacha pasayadi, bu may oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3-4 darajaga pastdir.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 13-14 may kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

15 may yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 25-28 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid
Top