21:43 / 13.05.2022
13884

Pentagon rahbari va Rossiya mudofaa vaziri fevraldan buyon ilk marta  telefon orqali muloqot qildi 

Lloyd Ostin Sergey Shoyguni zudlik bilan Ukrainadagi o‘t ochishlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Sergey Shoygu va Lloyd Ostin / Foto: AFP/Getty Images

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Qayd etilishicha, bu ularning 18 fevraldan buyon o‘tkazgan ilk suhbati hisoblanadi. 

«Vazir Ostin zudlik bilan Ukrainadagi o‘t ochishlarni to‘xtatishga chaqirdi va aloqa liniyalarini saqlab qolish zarurligini ta’kidladi»,— dedi Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi. 

«Xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari, jumladan, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Suhbat Amerika tomonining tashabbusi bilan o‘tkazildi»,— deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.

Aprel boshlarida Lloyd Ostin u va AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli bir necha bor Sergey Shoygu bilan bog‘lanishga uringani, ammo «ruslar javob bermagani»ni aytgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top