08:36 / 13.05.2022
11071

Toshkentda eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi tuman ma’lum qilindi

Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etmoqda. 

Foto: Kun.uz

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, aholi yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga ko‘paygan. Shundan, erkaklar soni 1 411 800 kishini, ayollar soni 1 468 000 kishini tashkil etdi.

Shahar hududlari kesimida 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 387,7 ming kishini, ya’ni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etdi. 

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.

Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan oldin O‘zbekistonning qancha aholisi shaharlarda yashashi ma’lum qilingandi.

Top