08:01 / 14.05.2022
4758

O‘zbekistonda uch oyda 39 nafar bola YTHda halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022 yil uch oyida 1 469ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, 204tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘ldi, 39tasi o‘limga sabab bo‘ldi. Bu haqda AOKAda YuNICeF, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari — tezlikni oshirish (455ta), yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110ta) va zarur infratuzilmaning yo‘qligi (250ta), jumladan, piyodalar o‘tish joyining yo‘qligi (804ta) bo‘lgan.

Foto: AOKA

Yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga ko‘mak beruvchi chora-tadbirlar ham ma’lum qilindi. 

Ular:

yo‘l harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, o‘smirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini ta’minlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash;

infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar;

maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish;

yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

maktab o‘quvchilari uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash.

Mavzuga oid
Top