15:09 / 15.05.2022
20392
Prezident Abu-Dabiga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

2004 yildan buyon Amirliklar prezidenti bo‘lgan Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi. 

Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon BAA asoschisi Zoid Ol Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi, amalda so‘nggi yillarda uning o‘rniga davlatni boshqarib kelgan Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon uning ukasi hisoblanadi.

Top