13:53 / 15.05.2022
30660

Xarkov atrofida «tozalash», Lvovda sovetlar yodgorligida demontaj. Urush suratlari

Urushning saksoninchi kunida Rossiya o‘z qo‘shinlarini Xarkovdan olib keta boshlagani ma’lum bo‘ldi. Urushlarni o‘rganish instituti Ukraina katta ehtimol bilan ushbu shahar uchun urushda yengib chiqqanini xabar qildi. Rossiyalik harbiylar Mariupolda «Azovstal» zavodi shturmini davom ettirmoqda; bu vaqtda Turkiya bu yerdagi yarador ukrain harbiylarini evakuatsiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch MakKonnell bilan ko‘rishmoqda
Ukrainian Presidential Press Office via AP

Ukrainadagi urush bo‘yicha 14 may kunidagi asosiy voqealar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov mamlakat urushning yangi bosqichiga kirayotgani, «uzoq davom etuvchi» bu bosqichda milliongacha kishini qurollantirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
  • Xarkov meri Rossiya qo‘shinlari shahar atrofidan chekinib, Rossiya-Ukraina chegarasi tomon harakatlanganini xabar qildi. Bu ma’lumot boshqa manbalar tomonidan ham tasdiqlangan. Xarkov merining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya shaharni besh kundan buyon o‘qqa tutishni to‘xtatgan va shahar aholisi evakuatsiya qilingan hududlaridan qayta boshlagan. Avvalroq nufuzli xalqaro ekspertlik tashkiloti Rossiya Xarkovdagi jangni yutqazganini xabar qilgandi.
  • Putin finnlar prezidenti Sauli Niinistyo bilan suhbatda Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi katta xato bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Avvalroq Rossiya Finlandiyaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgandi.
  • «Katta yettilik» mamlakatlari qo‘shma bayonot chiqardi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini natijasida yuzaga kelgan chegaralar hech qachon tan olinmasligi aytilgan.
  • Ukraina harbiy razvedkasi rahbari urush yakunida Ukraina Donbass va Qrimni qaytarib olishiga shubha qilmayapti.
  • Volodimir Zelenskiy Mariupoldagi «Azovstal»dan yarador ukrain jangchilarini evakuatsiya qilish bo‘yicha «juda murakkab muzokaralar» ketayotgani haqida xabar qildi.
  • Turkiya ukrainalik askarlarni Mariupoldan 65 kilometr masofada joylashgan, ayni vaqtda rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan Berdyansk shahriga olib chiqib, u yerdan turklar kemasi orqali Istanbulga olib kelish bo‘yicha taklif bildirdi.

Olxovka

Olxovka qishlog‘i xarobalari. Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Xarkovdan shimolda va shimoli-sharqda joylashgan barcha qishloqlar ozod etilganini xabar qilgandi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Olaxovkadagi maktab artilleriya zarbalaridan keyin
Marco Cordone / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Olxovkadagi vayron bo‘lgan uy
Marco Cordone / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Olxovka uchun janglarning yana bir oqibati
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Olxovka qishlog‘ida rossiyalik harbiylar bazasi vazifasini o‘tagan maktab sport zalida turgan ukrain politsiyachisi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Lisichansk

So‘nggi ikki oy mobaynida o‘zi va yana olti kishi uchun boshpana vazifasini o‘tayotgan yerto‘ladagi 70 yoshli ayol. Shahar atrofida Rossiya va Ukraina armiyasi o‘rtasida janglar ketmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansk aholisi uchun boshpanaga aylangan bog‘cha yerto‘lasiga kirish joyi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yerto‘ladagi vaziyat
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Politsiya spetsnazi yerto‘lada yashiringan aholiga gumanitar yordam tarqatmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Xarkov

Ukrainalik harbiy Xarkov atrofida yaqinda ozod etilgan qishloqlardan birida hududni ko‘zdan kechirmoqda
AP Photo/Mstyslav Chernov
Ukraina milliy gvardiyasi patruli Xarkov atrofidagi ozod qilingan qishloqlarda razvedka missiyalari olib borishmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Ukraina milliy gvardiyasi askarlari razvedka amaliyoti vaqtida yerto‘lalarni tekshirib chiqmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Xarkov shahar ma’muriyati binosi. Shahar meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, Xarkov so‘ngggi besh kunda o‘qqa tutilmagan — rossiyalik harbiylar shahar atrofidan ketishgan. RF harbiylari Xarkov atrofidagi pozitsiyalaridan chekingani haqida Amerikadagi urushlarni tadqiq etish instituti ham xabar bergan. Foto: John Moore / Getty Images
Xarkov shahri ma’muriyati binosi tozalanmoqda
John Moore / Getty Images
Xarkov ko‘chalaridan rossiyalik harbiylarning jasadlari yig‘ishtirilmoqda
Vasilisa Stepanenko / AP / Scanpix / LETA
Ukraina milliy gvardiyasi harbiysi Xarkov yaqinidagi qishloqda dam olmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukraina milliy gvardiyasi askarlari Xarkov atrofidagi ozod qilingan qishloqlardan biridagi uyda vaqtinchalik baza tashkil etishdi
AP Photo/Bernat Armangue
Kutuzovka qishlog‘idagi yerto‘lada ovqatlanayotgan ukrain
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Shahar shimolidagi yo‘l bo‘yida askar kabi kiyintirilgan maneken
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkov shimolidagi yo‘lda zarbaga uchragan avtomobil
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkov ko‘chalaridagi ukrain askarlari
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Lvov oblasti

Chervonograddagi «Mangu olov» yodgorligida sovetlar askari haykali buzib tashlanmoqda
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA

Odessa

Rossiya raketa zarbasidan vayron bo‘lgan savdo markazi oldidagi ko‘chani tozalayotgan erkak
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

Irpenliklar telefonlarini zaryadlamoqda. Shahar bir oyga yaqin vaqt davomida rossiyaliklar okkupatsiyasida bo‘lgan. Hozirda shaharda hayot asta-sekinlik bilan tiklanmoqda
Ahmed Jadallah / Reuters / Scanpix / LETA
Otishmalar vaqtida vayron bo‘lgan mashinalar uyumi orasidan o‘tib ketayotgan juftlik
Ahmed Jadallah / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev atrofida qolib ketgan rossiyalik harbiylar jasadlarini refrijyeratorga tashiyotgan ukrain harbiylari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporojye 

Mariupoldan chiqqan oila a’zolari ichki migratsiya markazida navbat kutmoqda. Mariupol rossiyaliklar tomonidan egallangan va deyarli butkul vayron qilingan
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Qochqinlar markazida ro‘yxatdan o‘tish uchun navbat kutayotgan ukrainlar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top