18:00 / 16.05.2022
4505

11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining g‘allachilikdagi islohotlarning muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi

Majlisda ta’kidlanganidek, g‘allachilikda bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zarur. Shu bois, joriy yilning 1 iyunidan boshlab g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tiladi. Bunda fermer va klaster o‘zlari yetishtirgan g‘allasini birja savdolariga olib chiqadi.

Foto: Tovar-xomashyo birja matbuot xizmati

Shu munosabat bilan, g‘allachilik sohasida kutilayotgan yangiliklarning mazmun-mohiyati hamda birja savdolarida ishtirok etish tartibini tushuntirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan fermer va klasterlar uchun maxsus uyushtirilayotgan o‘quv seminarlari boshlandi.

Foto: Tovar-xomashyo birja matbuot xizmati
Foto: Tovar-xomashyo birja matbuot xizmati

Seminar ishtirokchilariga mijozlarni birjada ro‘yxatdan o‘tish, garov mablag‘larini kiritish, brokerlik xizmatlaridan foydalanish va mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish qoidalari o‘rgatilmoqda.

Tadbirlar davomida mamlakatimizning har bir tumanida faoliyat yuritayotgan savdo maydonchalarining joylashuvi va ularning aniq manzillari alohida ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Bir vaqtning o‘zida birjaning mana shu savdo maydonchalari orqali fermer va klasterlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari ham amalga oshirilmoqda.

Manbaa: “O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi

Tovar-xomashyo birja matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top