11:46 / 16.05.2022
13876

ISW: Rossiya Luhanskni egallash evaziga Ukraina harbiylarini Donbassda o‘rab olish rejasidan voz kechdi

Urushni o‘rganish instituti ekspertlarining fikriga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari qo‘mondonligi asosiy e’tiborni Severodonetsk uchun jangga qaratadi va Ukraina qurolli kuchlarini bir necha hududlarda o‘rab olish rejalaridan voz kechadi.

Severodonetsk, Lugansk viloyati / Foto: Reuters

Rossiya qurolli kuchlari qo‘mondonligi Ukraina bo‘linmalarini Donetskdan Izyumgacha bo‘lgan yo‘nalishda keng ko‘lamli qamal qilishni yakunlash rejasidan voz kechgan, bunda Luhansk oblastini egallashni yakuniga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda AQSh Urushni o‘rganish instituti (Institute for the Study of War - ISW) tahlilchilari ma’lum qildi.

15 may, yakshanba kuni e’lon qilingan hisobotda ekspertlar Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning avvalroq Rossiya armiyasi bosh shtabi Donetsk oblastini qo‘lga kirita olmasligini tushunishi haqidagi bayonotiga qo‘shildi. Biroq, Rossiya Luhansk oblastining ma’muriy chegaralariga yetib borish imkoniyatiga umid qilmoqda.
 
«Rossiya harbiy qo‘mondonligi kelajakda Severodonetsk uchun jangga ustuvor ahamiyat berishi mumkin, buning uchun ba’zi sa’y-harakatlar Donetsk viloyatining sharqiy qismida Ukraina quruqlikdagi aloqa liniyalarini buzishga qaratiladi. Rossiya kuchlari Severodonetskni shimol va janubdan qo‘lga kiritish uchun muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda. Bu Ukraina qo‘shinlarining dastlab ko‘zda tutilganidan kamroq qurshovga olinishiga olib kelishi mumkin», — deyiladi hujjatda. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, rossiyaliklarning Kreminna hududidagi Shimoliy Don daryosini kesib o‘tishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishlari Rossiya qurolli kuchlarini Ukraina qurolli kuchlarini sharqda, Rubijne orqali Severodonetskka yaqinroq o‘rab olish va ularni bir necha yo‘nalishda kengroq qamal qilish rejalaridan voz kechtirishi mumkin.

Shu bilan birga, ISW Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya armiyasida jangovar tayyor zaxira askarlar tugagan deb taxmin qilmoqda, bu esa qo‘mondonlikni oddiy armiya bo‘linmalari, dengiz piyoda askarlari, xususiy harbiy kompaniyalar va ko‘ngillilar guruhlarini qurolli kuchlarga yollashga majbur qildi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi avvalroq Belgorod, Voronej va Rostov oblastlarida rossiyalik 2500ga yaqin zaxiradagi askarlar harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgani haqida xabar bergan edi. 

«Bu zaxiradagilar soni ba’zi hududlarda o‘z shaxsiy tarkibining 20 foizini yo‘qotgan Rossiya bo‘linmalarini to‘ldirish uchun yetarli bo‘lishi dargumon, bunda batalon taktik guruhi haqida gapirmasa ham bo‘ladi, u Shimoliy Don daryosidan o‘tish chog‘ida yo‘q qilindi», - deyiladi Amerika instituti xabarida. 

Tahlilchilar, shuningdek, Rossiya kuchlari tomonidan Ukraina janubidagi aholi punktlarida pozitsiyalar mustahkamlanganiga ishora qilgan. Ularning fikricha, bu Rossiya ushbu mintaqada doimiy nazorat o‘rnatishga intilayotganidan dalolat beradi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top