08:22 / 16.05.2022
6157

O‘zbekiston olma importini 20 baravarga oshirdi

O‘zbekiston Erondan 12 ming tonna olma import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 12ta xorijiy davlatdan qiymati 6,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,3 ming tonna olma import qilingan. 

Qayd etilishicha, olma importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,5 ming tonnaga yoki qariyb 20 baravarga oshgan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p olma import qilgan davlatlar orasida Eron yetakchilik qilmoqda – 12 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Ukraina – 1,4 ming tonna;
  • Moldova – 1,2 ming tonna;
  • Polsha – 1,1 ming tonna;
  • Turkiya – 527 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top