18:43 / 16.05.2022
20100

Putin: «Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi bizga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi»

Moskvada Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Finlandiya hamda Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi borasida fikr bildirdi.

Foto: Kreml axborot xizmati

«Rossiyaning Shvetsiya bilan ham, Finlandiya bilan ham muammomiz yo‘q. Bu davlatlar alyansga qo‘shilishi bizga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi. Lekin NATO harbiy tuzilmasining ham bu davlatlar hududicha kengayib kelishi bizdan javob berishni talab qiladi. Qanday javob qaytarishni esa bizga qarshi tug‘iladigan xavfdan kelib chiqib qaror qilamiz.

Ko‘rib turganingizdek yo‘q joydan muammo kelib chiqishi mumkin. Shimoliy Atlantika alyansi bo‘lmish NATO kengayaverib o‘z geografiyasidan – Yevroatlantikadan ham chiqib ketdi. Ular xalqaro maydondagi xavfsizlik masalasiga tobora ko‘proq aralashmoqda. Buni e’tiborsiz qoldira olmaymiz», dedi Putin.

Finlandiya hamda Shvetsiya NATOga qo‘shilishi haqida rasman qaror qabul qilgan. Alyans ham bu ikki davlatni tezlashtirilgan tartibda qabul qilishga rozi. Agar shunday bo‘lsa, 1948 yil tuzilgan NATOga a’zo davlatlar soni 32 taga yetadi.

Finlandiya prezidenti Rossiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakat NATOga har qanaqasiga qo‘shilishi haqida xabardor qilgandi. Shvetsiya esa NATOga kirgach, o‘z hududida yadro quroli va harbiy ba’zalar joylashtirilmasligini bildirgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top