19:03 / 16.05.2022
9485

Tayvanda Xitoyning hujum qilish ehtimoli hisobga olingan holda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Mashg‘ulotlarda harbiy operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi. 

Foto: AFP

Tayvan harbiylari Xitoy armiyasi orolga hujum qilishi ssenariysi bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi

Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda harbiy operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Han Kuang deb nomlanuvchi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi 25 iyulda boshlanadi. Unda jangovar o‘q otishlar bo‘lib o‘tadi, Stinger va Javelin raketa majmualaridan foydalaniladi. 

Ma’lumot berilishicha, qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Xitoyning «Lyaonin» aviatashuvchi kemasi ishtirokidagi zarba beruvchi guruh mashg‘ulotlari fonida o‘tkazilmoqda. 

Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblab keladi.  

Mavzuga oid
Top