10:25 / 16.05.2022
6890

Toshkentda «Matiz» bilan to‘qnashgan «Epika» ag‘darilib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy xabar berdi.

Foto: YHXX

Joriy yilning 9 may kuni soat 21:30larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darboza ko‘chasida joylashgan "Evos" oshxonasi binosi ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan O.R. boshqaruvidagi "Epika" rusumli hamda haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan B.P. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Epika" rusumli avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1970 yilda tug‘ilgan M.K. tan jarohati olganligi sababli shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top