17:56 / 17.05.2022
4392

Finlandiya parlamenti mamlakatning NATOga kirishini ma’qullab ovoz berdi 

Parlamentdagi 200 nafar deputatning 188 nafari Finlandiya NATOga kirishini yoqlab ovoz berdi. 

Foto: Shutterstock

Finlandiya parlamentining aksariyat a’zolari mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi. 

Parlamentdagi 200 nafar deputatning 188 nafari Finlandiya NATOga qo‘shilishini yoqlab ovoz berdi. 

Endilikda hukumat prezident ko‘rib chiqishi uchun rasmiy taklif tayyorlaydi. Mamlakat prezidenti Sauli Niiniste bu taklifni qisqa muddat ichida ma’qullashi kutilmoqda.

So‘ngra Finlandiyaning NATOdagi elchisi Klaus Korhonen alyansga ariza topshiradi. 

Avvalroq Finlandiya hamda Shvetsiya NATOga qo‘shilishga qaror qilgandi. Alyans ham bu ikki davlatni tezlashtirilgan tartibda qabul qilishga rozi. Agar shunday bo‘lsa, 1948 yil tuzilgan NATOga a’zo davlatlar soni 32 taga yetadi. 

Mavzuga oid
Top