19:51 / 17.05.2022
7914
Moldova parlamenti spikeri MDHdan chiqishni muhokama qilish taklifi bilan chiqdi

Igor Grosuning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy munozaralar natijalari bo‘yicha MDH tarkibida qolish-qolmaslik borasida qaror qabul qilish lozim.

Foto: AP

Moldova hukumati Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zolikning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qilishi kerak, dedi Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy munozaralar natijalari bo‘yicha MDH tarkibida qolish-qolmaslik borasida qaror qabul qilish lozim.

Grosuning bildirishicha, hozirda Moldova barcha mahsulotlarining 70 foizini Yevroittifoqqa yetkazib bermoqda.

«Bu tashkilotning bir qismi bo‘lishda davom etamizmi-yo‘qmi, siyosiy munoazar o‘tkazishimiz kerak deb o‘ylayman»,— dedi Igor Grosu.

Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston MDH a’zosi hisoblanadi. 2009 yilda Gruziya MDHni tark etgan. Ukraina 2014 yildan MDHda ishtirok etishni to‘xtatish jarayonini boshlagan.

Mavzuga oid
Top