14:48 / 17.05.2022
13174

O‘zbekiston Mozori Sharifdagi aeroportni tiklash ishlarini yakuniga yetkazmoqda 

Qayd etilishicha, Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘ini Termizdagi o‘zbek transport-logistika habi orqali oladi.

Foto: Maxar Technologies/Handout via Reuters

O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi aeroportni tiklash ishlarii yakuniga yetkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV huzuridagi xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori Doniyor Qurbonov ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS. 

"Mutaxassislarimiz Mozori Sharifdagi aeroportni tiklash ishlarini yakunlamoqda", - dedi u "Valday" xalqaro diskussiya klubining II Markaziy Osiyo konferensiyasida qilgan chiqishida. 

Qurbonovning qayd etishicha, Toshkent Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida ko‘prik bo‘lgan Afg‘onistonni tiklash uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda.

"Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘ini Termizdagi o‘zbek transport-logistika habi orqali oladi. O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib beradi", - dedi u.

Top