11:08 / 17.05.2022
10379

O‘zbekistonda mahalla raisligiga o‘tkazilayotgan saylovning birinchi kunida 52 foiz amaldagi raislar g‘alaba qozondi

Mahalla raisligiga o‘tkazilayotgan saylovning birinchi kunida 52 foiz amaldagi raislar g‘alaba qozondi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, saylovning birinchi kuni, ya’ni, 16 may kuni holatiga ko‘ra, 834 nafar mahalla raisi saylandi, bitta mahallaga o‘rtacha 2,7 nafardan nomzod to‘g‘ri keldi.

Saylangan raislarning 399 nafari, ya’ni qariyb 48 foizi birinchi marotaba, 435 nafari - 52 foizdan ortig‘i amaldagi raislarni tashkil etadi.

Raislarning 102 nafari ayollardan, 60 nafari mahalliy kengashlar deputatlaridan iborat.

Saylangan raislarning sifat tarkibi quyidagicha:

  • ma’lumoti bo‘yicha: 768 nafari - 92,1 foizi oliy, 62 nafari - 7,4 foizi o‘rta-maxsus, 4 nafari o‘rta ma’lumotga ega;
  • yoshi bo‘yicha: 26 nafari 30 yoshgacha, 198 nafari 30-40 yoshgacha, 287 nafari 40-50 yoshgacha, 252 nafari 50-60 yoshgacha, 71 nafari 60 yoshdan yuqori;
  • mutaxassisligi bo‘yicha: 270 nafari o‘qituvchi, 123 nafari iqtisodchi, 137 nafari muhandis, 52 nafari agronom, 41 nafari huquqshunos, 9 nafari shifokor, 21 nafari quruvchi, 5 nafari tovarshunos, 10 nafari san’atkor va sportchi hamda 166 nafari boshqa soha vakillari.
Top