17:08 / 18.05.2022
7547
Qoraqalpog‘istonda “Boʻzatov FEST” respublika yosh ijodkorlar festivali o‘tkazildi

“Yoshlar ovozi” festivali ikki yildan buyon tashkil etilayotgan bo‘lib, 2021 yilda o‘tkazilgan tanlovda 3 ming nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil bo‘lib o‘tgan tanlovda 238 ming nafar yosh qatnashishi festival talantlar uchun yaratilgan imkoniyat ekanidan darak beradi.

“Bu tanlov o‘tgan yildan boshlangan edi. 2021 yilda 3 ming nafar yoshlar ishtirok etishgan. Bu yil esa 238 ming yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. 4 yo‘nalishda salohiyatli yoshlar o‘z bilimi, kuchini ko‘rsatishiga zamin yaratildi. Chekka hududlardagi yoshlar ham bu maydonda obro‘ qozonishiga imkon berildi. Bu kelgusida yoshlarimiz o‘z iste’dodlarini nafaqat yurtimizda, balki jahon miqyosida ham namoyish etishlariga maktab vazifasini o‘taydi. Bu festivalda orttirilgan tajriba kelajakda o‘z raqobatchilari bilan sinalganda yaxshi natija beradi. Bu tanlov ko‘plab yosh iqtidorlar kashf etilishiga sabab bo‘lyapti”, — deya ta’kidlaydi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev.

Tanlovda baxshichilik, an’anaviy ijro, opera hamda estrada kabi 4 ta yo‘nalishda 3 ta yosh toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Respublika bosqichida 1-o‘rin – 50 million so‘mdan (to‘rt yo‘nalishda, jami 12 ta), 2-o‘rin – 30 million so‘mdan (to‘rt yo‘nalishda, jami 12 ta), 3-o‘rin – 20 million so‘mdan (to‘rt yo‘nalishda, jami 12 ta), shuningdek, qolgan barcha ishtirokchilar – 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Boʻzatov FEST Yoshlar ovozi tanlovining Respublika bosqichida to‘rt yo‘nalishda taqdirlanganlar:

➖ Baxshichilik yo‘nalishi:

10–15 yosh toifasi:

1. Ashirbek Qozibayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2. Jamshid Shoqulov, Qashqadaryo viloyati;

3. Doniyor Toshmurodov, Surxondaryo viloyati.

16–22 yosh toifasi:

1. Gulayim Oteshova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2. Og‘abek Ulashov, Qashqadaryo viloyati;

3. Eldor Shomurodov, Toshkent shahri.

 23–30 yosh toifasi:

1. Murodjon Aliyev, Toshkent viloyati;

2. Farrux Nuraliyev, Surxondaryo viloyati;

3. Azamat Elmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

➖ Opera yo‘nalishi:

10–15 yosh toifasi:

1. Lazizbek Shonazarov, Toshkent shahri;

2. Baxitbek Qalibayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

3. Nodira Tolibjonova, Navoiy viloyati.

16–22 yosh toifasi:

1. Zuhra Tursunboyeva, Toshkent viloyati;

2. Ozodjon Murodov, Qashqadaryo viloyati;

3. Malika Akmaljonova, Samarqand viloyati.

23–30 yosh toifasi:

1. Kamol Muhammadiyev, Surxondaryo viloyati;

2. Xo‘janazar Jumayev, Qashqadaryo viloyati;

3. Xislat Komilov, Toshkent shahri.

➖ Estrada yo‘nalishi:

10–15 yosh toifasi:

1. Zarima Maxsudova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2. Maryam Cherkashina, Toshkent shahri;

3. Laylo Sharafiddinova, Sirdaryo viloyati.

16–22 yosh toifasi:

1. Hojiakbar Tojiboyev, Jizzax viloyati;

2. Noila Habibullayeva, Namangan viloyati;

3. Umida Farruxova, Toshkent shahri.

23–30 yosh toifasi:

1. Alimbay Karimbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

2. Komron Mamadaliyev, Namangan viloyati;

3. Munisbek Redjyepov, Toshkent viloyati.

➖ An’anaviy ijro yo‘nalishi:

10–15 yosh toifasi:

1. Sherbek Shavkatov, Toshkent shahri;

2. Ozodbek Abdumatalibov, Toshkent viloyati;

3. Asadbek Rahimov, Xorazm viloyati.

16–22 yosh toifasi:

1. Sevinch Jovliyeva Faxriddin qizi (Toshkent shahri);

2. Asqar Temirov Yo‘ldosh o‘g‘li (Surxondaryo viloyati);

3. Gulchiroy Baxshilloyeva Baxtiyor qizi (Buxoro viloyati).

23–30 yosh toifasi:

1. Xushnudjon Solijonov Xurshid o‘g‘li (Toshkent shahri);

2. Boboqul Orziyev Farmonqul o‘g‘li (Sirdaryo viloyati);

3. Azamatjon Yo‘ldoshev A’zamjon o‘g‘li (Toshkent viloyati).

Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top