Yanvar-aprel oylarida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda - 28 690 dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- “Lacetti-Gentra” - 26 305 dona;
- “Damas” - 23 534 dona;
- “Nexia T-250” - 7 195 dona;
- “Spark” - 4 020 dona;
- “Volkswagen Caddy” - 80 dona.
“Lacetti-Gentra” avtomobilini ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Bundan oldin O‘zbekistonda avtomobillar eksporti kamaygani, import va ishlab chiqarish keskin oshgani xabar qilingandi.