20:23 / 19.05.2022
8254

Yevropaning ayrim mamlakatlarida odamlarda maymun chechagi kasalligini yuqtirish holatlari qayd etildi 

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi Madridda maymun chechagi kasalligiga chalinish bilan bog‘liq sakkizta holat aniqlanganidan so‘ng sanitar trevoga rejimini joriy etgan. 

Foto: AFP/Getty Images

Italiya va Shvetsiyada maymun chechagi kasalligini yuqtirgan ilk bemorlar aniqlandi.

ANSA agentligining xabar berishicha, bemor Ladzaro Spallansani nomidagi yuqumli kasalliklar milliy institutida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. U yaqinda Kanar orollaridan Italiyaga qaytgan.

Shvetsiya sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham Stokholmda bir kishida maymun chechagi kasalligi aniqlanganini ma’lum qildi.

18 may kuni Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi Madridda maymun chechagi kasalligiga chalinish bilan bog‘liq sakkizta holat aniqlanganidan so‘ng sanitar trevoga rejimini joriy etgan.

Mazkur kasallikka chalinish bilan bog‘liq holat Buyuk Britaniyada ham qayd etilgan. Kasallik yuqtirgan bemor mamlakatga Nigeriyadan qaytib kelgan.

Maymun chechagi – bezgak, umumiy intoksikatsiya va terida toshmalar paydo bo‘lishi alomatlariga ega kasallik.

Mavzuga oid
Top