20:36 / 20.05.2022
9777

Dubayda maymun chechagi kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish boshlandi 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi kasalligi tarqalishi avj olganini muhokama qilish uchun ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirishni rejalashtirgan. 

Foto: Reuters

Dubay sog‘liqni saqlash boshqarmasi soha mutaxassislari va tibbiyot muassasalariga qator mamlakatlarda maymun bezgagi kasalligi tarqalgani sababli ushbu kasallikni epidemiologik o‘rganish va oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishga buyruq berdi.

"Buyruqda barcha tegishli tuzilmalar kasallik tarqalishi xavfini pasaytirish uchun uni erta aniqlash va o‘rganishni ta’minlashga chaqirilgan ", - deyiladi boshqarma xabarida.

Avvalroq Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligi (UKHSA) mamlakatda maymun chechagi kasalligi aniqlanganlar soni to‘qqiz kishiga yetganini ma’lum qilgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi kasalligi tarqalishi avj olganini muhokama qilish uchun ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirishni rejalashtirgan

Maymun chechagi kasalligi jumladan, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Avstraliya va Kanadada aniqlandi.

Mavzuga oid
Top