08:49 / 20.05.2022
3978

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Dreamstime

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,5 mlrd AQSh dollariga yoki 61,2 foizga oshgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport 7,1 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eksport tarkibida mahsulotlar 6,2 mlrd dollarni, xizmatlar esa 837 mln dollarni olib kelgan.

Bundan tashqari, tashqi savdoda import hajmi 10,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunda, mahsulotlar – 9,4 mlrd dollar, xizmatlar – 727 mln dollar. 

Shuningdek, tashqi savdo aylanmasida saldo -3 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Top