07:53 / 21.05.2022
9240

AQSh davlat kotibi yordamchisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelyapti 

2022 yil 23-25 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi.

Foto: AQSh Davlat departamenti

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Qayd etilishicha, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 6-9 mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga tashrifi bo‘lib o‘tgandi.

Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, uning o‘rinbosarlari Uzra Zeya va Liza Peterson, davlat kotibi yordamchisi Donald Lu, AQSh prezidenti maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall, xalqaro diniy erkinlik sohasida maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi Rashad Husayn hamda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Top