22:40 / 21.05.2022
15958
Kiyev rossiyalik harbiy asirlarni «Azovstal»ni tark etgan askarlarga alishtirishga tayyor - Zelenskiy

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Azovstal» kombinatidan olib chiqilgan tinch aholi va askarlarni qutqarish bo‘yicha hamkor mamlakatlar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Ukraina «Azovstal» kombinatidan olib chiqilgan ukrainalik askarlarni rossiyalik harbiy asirlarga alishtirishga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Azovstal» kombinatidan olib chiqilgan tinch aholi va askarlarni qutqarish bo‘yicha hamkor mamlakatlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Turkiya, Shveytsariya, Isroil va Fransiya rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazildi, dedi Zelenskiy. 

Zelenskiyning eslatishicha, «Azovstal»dagi askarlar olib chiqilganidan so‘ng Kiyev ularni rossiyalik harbiy asirlarga alishtirishni kutgan va bunga tayyor. 

«Biz ularni uyga qaytaramiz», -dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Kiyev nizo tugashi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini ta’kidladi.

«Urush – qiyin, g‘alaba ham juda qiyin bo‘ladi, u qonli bo‘ladi, ammo yakuni diplomatiyaga bog‘liq», - dedi Zelenskiy.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top