18:37 / 21.05.2022
44898
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan YTHda 9 kishi halok bo‘ldi
Foto: IIV matbuot xizmati

Joriy yilning 21 may kuni soat taxminan 15:30lar chamasida, Qirg‘izistonning Batken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekistonning So‘x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan treyler avtotransporti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Foto: IIV matbuot xizmati

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, treylerning tormoz uskunasi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Qirg‘iziston «Chechme» chegara o‘tkazish punkti va O‘zbekiston «Chashma» chegara o‘tkazish punkti orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iz Respublikasi) avtomashinalarga urilib, ularga shikast yetkazgan. 

Foto: IIV matbuot xizmati

Avtohalokat natijasida, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston, qolgan 8 nafari Qirg‘iziston fuqarosi) vafot etgan.

Foto: IIV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top