13:35 / 22.05.2022
12275

Namanganda kuchli yomg‘ir ko‘prikni qisman yemirib yubordi

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rgon tumani Iskovot—Baliqko‘l yo‘nalishidagi Begabod soyda 22 may kuni kuchli sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, shu kuni viloyatda yog‘gan yomg‘ir oqibatida Iskovot—Baliqko‘l yo‘lining 6–7-kilometrlarida joylashgan ko‘prikning chap tomoni qisman yemirilgan. Hodisada hududdagi aholi yashash xonadonlari, ekin maydonlariga zarar yetmagan.

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hozirda ko‘prik to‘liq nazoratga olingan. Sel kelish xavfining oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati FVB xodimlari shay holatda turibdi.

Top