20:55 / 23.05.2022
11436

Eronda 10 qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor 

Taxminlarga ko‘ra, 80 kishi vayronalar ostida qolgan. 

Foto: Anadolu Agency

Eronning Huziston viloyatida 10 qavatli bino qulab tushishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Mujtabo Xolidiy ma’lum qildi

Ma’lumot berilishicha, gap Obodon shahrining Telenji Amiriy kvartalidagi «Obodon Metropol» biznes-markazida qurilayotgan bino haqida bormoqda.

Xolidiyning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vayronalar ostida 80 kishi qolgan deb taxmin qilinmoqda.

Bino egasi va pudratchisi hibsga olingan.

Top