11:44 / 23.05.2022
5529

Hafta davomida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

24-26 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37 daraja issiqqa yetadi.

27 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

25 mayda shimolda, 26-28 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top