17:56 / 23.05.2022
8378
Polsha Rossiya bilan gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi 

"Yamal - Yevropa" gaz quvurining Polshadan o‘tgan qismidan Polsha hududi orqali gaz yetkazish, shuningdek, Germaniyaga gaz jo‘natish uchun foydalanilishi mumkin. 

Foto: Reuters

Polsha hukumati Rossiya bilan gaz yetkazib berish to‘g‘risida 1993 yilda tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda Polsha strategik energetika infratuzilmasi bo‘yicha hukumat vakili Pyotr Naimskiy ma’lum qildi. 

"13 may kuni Mateush Moravetskiy hukumati Polsha va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Oradan 30 yil o‘tganidan so‘ng Polsha va Rossiya o‘rtasidagi gaz sohasidagi munosabatlar yakuniga yetdi deyish mumkin", - dedi Naimskiy Polsha radiosiga bergan intervyusida. 

Naimskiyning so‘zlariga ko‘ra, "Yamal - Yevropa" gaz quvurining Polshadan o‘tgan qismidan Polsha hududi orqali gaz yetkazish, shuningdek, Germaniyaga gaz jo‘natish uchun foydalanilishi mumkin. 

Polsha hududi orqali gaz tranzitini amalga oshirish va mamlakatga gaz yetkazib berish to‘g‘risida 1993 yilda tuzilgan shartnoma oxirgi marta 2010 yilda yangilangandi. 

Avvalroq Litva Rossiya nefti, elektr energiyasi va tabiiy gazi importini to‘xtatgandi

Top