19:57 / 23.05.2022
11081
Time jurnali Putin va Zelenskiyni dunyoning eng kuchli ta’sirga ega odamlari ro‘yxatiga kiritdi

Ro‘yxatdan shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden, XXR raisi Si Tszinpin, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, Germaniya kansleri Olaf Shols, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va Chilining 36 yoshli prezidenti Gabriel Borich joy oldi. 

Foto: EPA

Britaniyaning Time jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni dunyoning eng kuchli ta’sirga ega 100 odami ro‘yxatiga kiritdi

Vladimir Putin to‘g‘risidagi matnni koloniyada jazo o‘tayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniy yozdi. Navalniyning fikricha, Putinning «haqiqiy missiyasi» — barchaga: jahon yetakchilaridan tortib oddiy odamlargacha saboq berish. U g‘arb rahbarlari Putinning Rossiya ichidagi siyosatiga qaramasdan u bilan xalqaro forumlarda muloqot qilgani va yangi energetika shartnomalari imzolaganiga e’tibor qaratdi. «Putin bizga «o‘rdak haqidagi test»ni eslatdi: agar nimadir o‘rdakka o‘xshasa, o‘rdakdek suzsa va o‘rdakdek sayrasa – u o‘rdak bo‘lishi mumkin», — deya xulosa qilgan Navalniy. 

Zelenskiy to‘g‘risidagi matnni AQSh prezidenti Jo Bayden yozdi. Uning fikricha, Ukraina aholisi Zelenskiy qiyofasida «o‘z jasorati va matonatlariga mos rahbarni topishgan». «Har safar gaplashganimizda, prezident Zelenskiyning ovozida o‘z xalqi oldidagi burchiga ishonadigan va shunday qorong‘i vaqtda o‘z xalqini oldinga boshlovchi tantanali mas’uliyatini har kuni bajaradigan charchoq bilmas qat’iyatli inson ovozini eshitaman», — deb yozdi Bayden. 

Baydenning o‘zi ham Time ro‘yxatidan joy oldi, u haqdagi matnni sobiq prezident Bill Klinton yozdi. Shuningdek, Time ro‘yxatiga komik Jo Rogan, XXR raisi Si Tszinpin, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen, Germaniya kansleri Olaf Shols, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va Chilining 36 yoshli prezidenti Gabriel Borich kiritildi. 

Ulardan tashqari, «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov, xonanda Adel, aktyor Kianu Rivz, tennischi Rafael Nadal, Apple rahbari Tim Kuk va Yevropa markaziy banki prezidenti Kristin Lagard ham dunyoning eng kuchli ta’sirga ega odamlari ro‘yxatidan joy oldi. 

Top